Asosiy qismga o'tish

Tovarlar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv

«Tovarlar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.

Yangilangan

«Tovarlar ma’lumotnomasi» moduli keyinchalik «Ombor» bilan ishlashda foydalanish mumkin bo’lgan tovarlar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan.

Mundarija:

«Tovarlar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:

  • Boshqaruv paneli → Tovarlar
  • Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Tovarlar ma’lumotnomasi
Tovarlar ma'lumotnomasiga o'tish

Modul imkoniyatlari:

«Tovarlar ma’lumotnomasi» bo’limida tovarlar ro’yxati bo’yicha qidirish, yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirish, bir nechta yozuvni bittaga birlashtirish, shuningdek yozuvlarni import va eksport qilish mumkin.

Tovarlar ma'lumotnomasi

modul imkoniyatlari

Shuni ham ta’kidlaymizki, bu ma’lumotnoma «Detallar ma’lumotnomasi», «Qurilmalar ma’lumotnomasi», «Brendlar ma’lumotnomasi» va «Modellar ma’lumotnomasi» bilan uzviy bog’liq.

Yangi tovarni quyidagicha qo’shish mumkin:

«Qo’shish» tugmasini bosing.

«Qo'shish» tugmasini bosish

Tegishli bo’limga o’tgach, shaklni to’ldirish taklif etiladi.

Ma'lumotnomaga yangi tovar qo'shish

ma’lumotnomaga yangi tovar qo’shish shakli

Bu shakl uchta toifaga bo’lingan:
  • Asosiy
  • Detallar ma’lumotnomasi bilan bog’lash
  • Qurilmalar ma’lumotnomasi bilan bog’lash
«Asosiy» toifasida ko’rsating:
  1. Tovar nomi
  2. Artikul
  3. Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  4. Xarid narxi
  5. Tovar tavsifi
yangi tovar qo'shishdagi «Asosiy» toifasi

yangi tovar qo’shishdagi «Asosiy» toifasi

«Detallar ma’lumotnomasi bilan bog’lash» toifasi:

Bu toifada yozuvni «Detallar ma’lumotnomasi» bilan bog’lash mumkin, shundan so’ng shu maydon bo’yicha filtrlash uchun filtrdan foydalanish mumkin bo’ladi.

Yozuvni ma’lumotnoma bilan bog’lash uchun ro’yxatdan kerakli yozuvni tanlash kerak.

«Detallar ma'lumotnomasi bilan bog'lash» toifasi

«Detallar ma’lumotnomasi bilan bog’lash» toifasi

«Qurilmalar ma’lumotnomasi bilan bog’lash» toifasi:

Bu toifada yozuvni «Qurilmalar ma’lumotnomasi», «Brendlar ma’lumotnomasi» va «Modellar ma’lumotnomasi» bilan bog’lash mumkin, shundan so’ng bu maydonlarni filtrlashda ishlatish mumkin bo’ladi.

Yozuvni ma’lumotnoma bilan bog’lash uchun ro’yxatdan kerakli yozuvni tanlab, so’ng «Qo’shish» tugmasini bosish kerak. Qo’shilgan yozuv jadvalning chap qismiga, tegishli bo’limga o’tadi; bog’langan yozuvni olib tashlash uchun krestcha belgili tugmani bosish kerak.

«Qurilmalar ma'lumotnomasi bilan bog'lash» toifasi

«Qurilmalar ma’lumotnomasi bilan bog’lash» toifasi

«Qurilmalar ma'lumotnomasi bilan bog'lash» toifasi, yozuvlarni qo'shish/olib tashlash

«Qurilmalar ma’lumotnomasi bilan bog’lash» toifasi, yozuvlarni qo’shish/olib tashlash

Barcha ma’lumotlarni kiritgach, qiymatlarni saqlang

Saqlash

«Tovarlar ma’lumotnomasi»dagi qiymatni tahrirlash uchun:

  1. Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasini bosing. Shundan so’ng tahrirlash shakli bilan tegishli bo’limga o’tiladi.
  3. So’ng «Yangi tovar qo’shish» bo’yicha ko’rsatmaga amal qiling
Tahrirlash

Tovarni ma’lumotnomadan o’chirish uchun:

  1. O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
  3. Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
O'chirish uchun yozuvni tanlash

O’chirish uchun yozuvni tanlash

Yozuvni o'chirishni tasdiqlash

Yozuvni o’chirishni tasdiqlash

Ayrim tovarlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:

  1. O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
O'chirish/Yoqish
O'chirish/Yoqish

Bir nechta tovarni bitta qiymatga «birlashtirish» uchun:

Diqqat: ehtiyot bo’ling, bu amalni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Bir nechta yozuv birlashtirilganda barcha bog’liq ma’lumotnoma va modullarda avtomatik ravishda yangi qiymatga almashtirish amalga oshiriladi, eski yozuvlar esa o’chiriladi. Bu imkoniyatdan ehtiyotkorlik bilan, faqat aniq o’xshash/bir xil qiymatlar uchun foydalaning.

  1. Birlashtirilishi kerak bo’lgan har bir yozuv uchun «Birlashtirish»ni tanlang.
  2. So’ng birlashtirish jarayonida ishtirok etadigan qiymatlarni ko’rish mumkin bo’ladi.
  3. Ochilgan modal oynada birlashtirilmasligi kerak bo’lgan qiymatlarni olib tashlash mumkin.
  4. So’ngra «Yetakchi» yozuvni tanlang. Barcha ma’lumotnomalarda ro’yxatdagi qolgan yozuvlar unga almashtiriladi.
  5. «Saqlash»ni bosing.
Birlashtirish uchun yozuvlarni tanlash
birlashtirish uchun yozuvlarni tanlash
Birlashtirish jarayoni modal oynasining ochilishi
birlashtirish jarayoni modal oynasining ochilishi
«Yetakchi» yozuvni tanlash va qiymatlarni saqlash

Tovar yozuvlarini eksport qilish uchun:

  1. «Amallar menyusi»dan «Eksport» bandini tanlang.
  2. So’ng «Eksport» bo’yicha ko’rsatmaga amal qiling
Eksport

Tovar yozuvlarini import qilish uchun:

  1. «Amallar menyusi»dan «Import» bandini tanlang.
  2. So’ng «Import» bo’yicha ko’rsatmaga amal qiling
Import

← Barcha bo'limlar