Qurilma turlari ma'lumotnomasi
Qurilma turlari ma'lumotnomasi bilan ishlash. Batafsil hujjatlar: ko'rish, qo'shish, tahrirlash, o'chirish
Yangilangan
«WorkPan» tarkibida foydalanuvchi dastur bilan birga oladigan qurilma turlari bazasi bor. Ammo zarur bo’lganda foydalanuvchi qurilmalarni tahrirlashi, yangilarini qo’shishi yoki keraksizlarini o’chirishi mumkin.
Qurilmalar ma’lumotnomasi bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin
- Boshqaruv paneli → Qurilmalar
- Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Qurilmalar ma’lumotnomasi
Qurilmalar ma’lumotnomasi bo’limida qurilma turlari ro’yxati bo’yicha qidirish, yangilarini qo’shish, mavjudlarini o’chirish va tahrirlash mumkin. Shuningdek, ro’yxatdagi qurilmalarni vaqtincha o’chirib qo’yish funksiyasi ham bor. Bundan tashqari, ro’yxatni sahifada 10, 25, 50 va 100 qatordan ko’rsatish rejimini tanlash mumkin.
Yangi qurilma turini quyidagicha qo’shish mumkin:
- «Qo’shish» tugmasini bosing.
- Chiqqan maydonga qurilma nomini kiriting.
- Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Mavjud qurilma turini tahrirlash uchun:
- Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasini bosing. Qurilma nomi yangi nom kiritish maydoniga almashadi.
- Yangi nomni tering.
- Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Qurilma turini ma’lumotnomadan o’chirish uchun:
- O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
- Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
Izoh: agar bu «qurilma turi» tizimda ishlatilayotgan bo’lsa, uni o’chira olmaysiz — faqat o’chirib qo’yish mumkin (quyiga qarang)
Ayrim qurilmalarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:
- O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan qurilma turini yana faollashtiradi.