Asosiy qismga o'tish

Moliyaviy moddalar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv

«Moliyaviy moddalar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.

Yangilangan

«Moliyaviy moddalar ma’lumotnomasi» moduli operatsion faoliyat hisobini yuritish uchun «Kassa» modulida ishtirok etadigan moliyaviy moddalar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan. Shuni ham ta’kidlaymizki, bu modul «Moliyaviy moddalar guruhlari ma’lumotnomasi»ga bog’liq.

Mundarija:

«Moliyaviy moddalar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:

  • Boshqaruv paneli → Moliyaviy moddalar
  • Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Moliyaviy moddalar ma’lumotnomasi
Moliyaviy moddalar ma'lumotnomasiga o'tish

Modul imkoniyatlari:

«Moliyaviy moddalar ma’lumotnomasi» bo’limida yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, shuningdek endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin.

Moliyaviy moddalar ma'lumotnomasi
modul imkoniyatlari

Yangi yozuvni quyidagicha qo’shish mumkin:

  1. «Qo’shish» tugmasini bosing.
  2. Qo’shish shakli bilan tegishli bo’limga o’tiladi.
  3. Unda quyidagilar talab etiladi:
  4. Ma’lumotlarni kiritgach, qiymatlarni saqlash uchun «Saqlash» tugmasini bosing.
«Qo'shish» tugmasi
Yangi yozuvlar qo'shish shakli
yangi yozuvlar qo'shish shakli

Ma’lumotnomadagi qiymatni tahrirlash uchun:

  1. Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasini bosing. Tahrirlash shakliga o’tiladi.
  3. Kerakli o’zgarishlarni kiriting.
  4. «Saqlash» tugmasini bosib qiymatlarni saqlang.
Tahrirlash
Tahrirlash shakli
tahrirlash shakli

Ma’lumotnomadan qiymatni o’chirish uchun:

  1. O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
  3. Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
O'chirish uchun yozuvni tanlash
o'chirish uchun yozuvni tanlash
Yozuvni o'chirishni tasdiqlash
yozuvni o'chirishni tasdiqlash

Ma’lumotnomadagi ayrim yozuvlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:

  1. O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
O'chirish/Yoqish
O'chirish/Yoqish

← Barcha bo'limlar