Asosiy qismga o'tish

Detallar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv

«Detallar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.

Yangilangan

«Detallar ma’lumotnomasi» moduli ta’mir uchun zarur detallar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan; bu ro’yxat ma’lumotlarini keyinchalik «Xizmatlar ma’lumotnomasi»ni tuzishda, shuningdek ta’mirga «Buyurtmalar»da ishlatish mumkin.

«WorkPan» tarkibida foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishda oladigan detallar bazasi bor. Zarur bo’lganda foydalanuvchi mavjud ro’yxatlarni tahrirlashi, yangilarini qo’shishi, keraksizlarini o’chirib qo’yishi yoki o’chirib tashlashi mumkin.

Mundarija:

Detallar ma’lumotnomasi bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:

  • Boshqaruv paneli → Detallar
  • Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Detallar ma’lumotnomasi
Detallar ma'lumotnomasiga o'tish

Detallar ma’lumotnomasi bo’limida detallar ro’yxati bo’yicha qidirish, yangilarini qo’shish, mavjudlarini o’chirish va tahrirlash mumkin. Shuningdek, ro’yxatdagi detallarni vaqtincha o’chirib qo’yish funksiyasi ham bor. Bundan tashqari, ro’yxatni sahifada 10, 25, 50 va 100 qatordan ko’rsatish rejimini tanlash mumkin.

Detallar ma'lumotnomasi

Yangi detalni quyidagicha qo’shish mumkin:

  1. «Qo’shish» tugmasini bosing.
  2. Chiqqan maydonga detal nomini kiriting.
  3. Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Qo'shish

Mavjud detalni tahrirlash uchun:

  1. Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasini bosing. Yozuv nomi yangi nom kiritish maydoniga almashadi.
  3. Yangi qiymatni tering.
  4. Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Tahrirlash

Detalni ma’lumotnomadan o’chirish uchun:

  1. O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
  3. Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
O'chirish uchun yozuvni tanlash

O’chirish uchun yozuvni tanlash

Yozuvni o'chirishni tasdiqlash

Yozuvni o’chirishni tasdiqlash

Ayrim detallarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:

  1. O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
O'chirish/Yoqish
O'chirish/Yoqish

← Barcha bo'limlar