Asosiy qismga o'tish

Omborlar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv

«Omborlar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.

Yangilangan

«Omborlar ma’lumotnomasi» moduli omborlar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan; ular keyinchalik «Ombor» modulida nomenklatura va omborlardagi tovarlar hisobini yuritish uchun ishlatiladi. Shuni ham ta’kidlaymizki, bu modul «Ofislar ma’lumotnomasi» va «Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi»ga bog’liq.

Mundarija:

«Omborlar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:

  • Boshqaruv paneli → Omborlar
  • Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Omborlar ma’lumotnomasi
Omborlar ma'lumotnomasiga o'tish

Modul imkoniyatlari:

«Omborlar ma’lumotnomasi» bo’limida yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, shuningdek endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin.

Omborlar ma'lumotnomasi
modul imkoniyatlari

Yangi omborni quyidagicha qo’shish mumkin:

  1. «Qo’shish» tugmasini bosing.
  2. Qo’shish shakli bilan tegishli bo’limga o’tiladi.
  3. Unda quyidagilar talab etiladi:
  4. Ma’lumotlarni kiritgach, qiymatlarni saqlash uchun «Saqlash» tugmasini bosing.
«Qo'shish» tugmasi
Yangi yozuvlar qo'shish shakli
yangi yozuvlar qo'shish shakli

Ma’lumotnomadagi qiymatni tahrirlash uchun:

  1. Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasini bosing. Tahrirlash shakliga o’tiladi.
  3. Kerakli o’zgarishlarni kiriting.
  4. «Saqlash» tugmasini bosib qiymatlarni saqlang.
Tahrirlash
Tahrirlash shakli
tahrirlash shakli

Ma’lumotnomadan qiymatni o’chirish uchun:

  1. O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
  3. Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
O'chirish uchun yozuvni tanlash
o'chirish uchun yozuvni tanlash
Yozuvni o'chirishni tasdiqlash
yozuvni o'chirishni tasdiqlash

Ma’lumotnomadagi ayrim yozuvlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:

  1. O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
O'chirish/Yoqish
O'chirish/Yoqish

← Barcha bo'limlar