Shaharlar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv
«Shaharlar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.
Yangilangan
«Shaharlar ma’lumotnomasi» moduli «Ofislar ma’lumotnomasi» ishlashi uchun zarur bo’lgan shaharlar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan.
Mundarija:
«Shaharlar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:
- Boshqaruv paneli → Shaharlar
- Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Shaharlar ma’lumotnomasi
Modul imkoniyatlari:
«Shaharlar ma’lumotnomasi» bo’limida yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, shuningdek endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin.
Shuni ham ta’kidlaymizki, bu ma’lumotnoma «Ofislar ma’lumotnomasi» bilan uzviy bog’liq.
Yangi shaharni quyidagicha qo’shish mumkin:
- «Qo’shish» tugmasini bosing.
- Tegishli bo’limga o’tgach, shaklni to’ldirish taklif etiladi.
- Shahar nomini kiritgach, qiymatni saqlang. Yangi shahar qo’shiladi.
«Shaharlar ma’lumotnomasi»dagi qiymatni tahrirlash uchun:
- Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasini bosing. Tahrirlash shakliga o’tiladi.
- Kerakli o’zgarishlarni kiriting va «Saqlash» tugmasini bosib yangi qiymatlarni saqlang.
Shaharni ma’lumotnomadan o’chirish uchun:
- O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
- Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
Ayrim shaharlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:
- O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
Diqqat: ma’lumotnomada shahar o’chirilganda, shu shahar bilan bog’liq barcha «Ofislar» ham o’chiriladi.