Moliyaviy kassalar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv
«Moliyaviy kassalar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.
Yangilangan
«Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi» moduli moliyaviy kassalar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan; ular keyinchalik «Kassa» modulida barcha moliyaviy amallar hisobini yuritish uchun ishlatiladi.
Mundarija:
«Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:
- Boshqaruv paneli → Kassalar
- Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi
Modul imkoniyatlari:
«Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi» bo’limida yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, shuningdek endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin.
Yangi kassani quyidagicha qo’shish mumkin:
- «Qo’shish» tugmasini bosing.
- Qo’shish shakli bilan tegishli bo’limga o’tiladi.
- Unda yangi yozuvning «Nomi»ni ko’rsatish talab etiladi.
- Ma’lumotlarni kiritgach, qiymatlarni saqlash uchun «Saqlash» tugmasini bosing.
«Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi»dagi qiymatni tahrirlash uchun:
- Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasini bosing. Tahrirlash shakliga o’tiladi.
- Kerakli o’zgarishlarni kiriting.
- «Saqlash» tugmasini bosib qiymatlarni saqlang.
Ma’lumotnomadan qiymatni o’chirish uchun:
- O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
- Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
Ma’lumotnomadagi ayrim yozuvlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:
- O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.