Modellar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv
«Modellar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi modellar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.
Yangilangan
«WorkPan» tarkibida foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishda oladigan modellar bazasi bor. Zarur bo’lganda foydalanuvchi mavjud modellarni tahrirlashi, yangilarini qo’shishi, keraksizlarini o’chirib qo’yishi yoki o’chirib tashlashi mumkin. Shuningdek, takrorlanuvchi yozuvlarni birlashtirish va modellarni qurilma hamda brendlarga bog’lash mumkin. Bularning barchasi haqida quyida batafsil o’qing.
Modellar ma’lumotnomasi bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:
- Boshqaruv paneli → Modellar
- Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Modellar ma’lumotnomasi
Modellar ma’lumotnomasi bo’limida model yozuvlari bo’yicha qidirish, ularni qurilma turlari, brendlar, model nomi va holat bo’yicha filtrlash mumkin. Qulaylik uchun filtrni saqlab, keyinchalik qayta ishlatish mumkin. Shuningdek, bu filtrni kerakli parametrlarni o’chirib yoki, aksincha, yoqib shaxsiylashtirish mumkin.
Filtr bilan tanishuv
Yangi modelni quyidagicha qo’shish mumkin:
- «Qo’shish» tugmasini bosing.
- Chiqqan modal oynada tanlang
- Qurilma turi («Qurilmalar ma’lumotnomasi»ga qarang).
- Brend («Brendlar ma’lumotnomasi»ga qarang).
- Model nomini kiriting.
- «Saqlash» tugmasini bosing.
Yangi model qo’shish uchun modal oyna
Izoh: yangi modellar qo’shilganda tizim nomni noyoblikka tekshiradi va agar bunday model avval qo’shilgan bo’lsa, bu haqda xabar beradi.
Mavjud modelni tahrirlash uchun:
- Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasini bosing.
- Chiqqan modal oynada kerakli qiymatlarni kiriting.
- Qurilma turi («Qurilmalar ma’lumotnomasi»ga qarang).
- Brend («Brendlar ma’lumotnomasi»ga qarang).
- Model nomini kiriting.
- «Saqlash» tugmasini bosing.
Modellarni tahrirlashdagi modal oyna
Izoh: modellar tahrirlanganda tizim nomni noyoblikka tekshiradi va agar bunday model avval qo’shilgan bo’lsa, bu haqda xabar beradi.
Modelni ma’lumotnomadan o’chirish uchun:
- O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
- Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
Izoh: agar bu «model» tizimda ishlatilayotgan bo’lsa, uni o’chira olmaysiz — faqat o’chirib qo’yish mumkin (quyiga qarang)
Ayrim modellarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:
- O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.
yozuv yoqilgandagi holat
yozuv o’chirilgandagi holat
Bir nechta modelni bittaga «birlashtirish» uchun:
Diqqat! Ehtiyot bo’ling, bu amalni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Bir nechta model birlashtirilganda buyurtmalarda, tovarlarda va boshqa ma’lumotnomalarda avtomatik ravishda yangi modelga almashtirish amalga oshiriladi, eski qiymatlar esa o’chiriladi. Bu imkoniyatdan faqat o’xshash, bir xil qiymatlarni birlashtirish uchun foydalaning.
- Birlashtirilishi kerak bo’lgan har bir yozuv uchun «Birlashtirish»ni tanlang.
- So’ng birlashtirish jarayonida ishtirok etadigan qiymatlarni ko’rish mumkin bo’ladi.
- Ochilgan modal oynada birlashtirilmasligi kerak bo’lgan qiymatlarni olib tashlash mumkin.
- So’ngra «Yetakchi» modelni tanlang: barcha ma’lumotnomalarda ro’yxatdagi modellar unga almashtiriladi.
- «Saqlash»ni bosing.
birlashtirish uchun modellarni tanlash
birlashtirish jarayoni modal oynasining ochilishi
«Yetakchi» modelni tanlash va qiymatlarni saqlash