Ma'lumotlarni import qilish
CSV fayldan dasturga ma'lumotlarni import qilish.
Yangilangan
CSV fayldan import qilish imkoniyati fayldagi ma’lumotlarni dasturga qo’shish/import qilish imkonini beradi. Bunda yangi ma’lumotlar qo’shiladi, mavjudlari esa yangilanadi.
Ma’lumotlarni import qilishdan avval faylni kerakli formatda tayyorlash lozim. Buni quyidagi usullardan biri bilan qilish mumkin:
- Ma’lumotlarni «Eksport qilish»
- Import panelida «import shablonini yuklab olish»ni tanlash
Fayl tayyor bo’lgach, uni CSV formatida saqlash kerak. Buni OpenOffice dasturi orqali qilgan ma’qul. Uni rasmiy saytdan yuklab olish mumkin: openoffice.org
Saqlangan fayl quyidagi formatda bo’lishi kerak:
- Fayl kodlanishi:
- Yunikod UTF-8
- Ajratuvchi:
- Vergul «,»
- Matn ajratuvchisi:
- Qo'sh qo'shtirnoq «"»
Agar buni OpenOffice dasturi orqali qilsangiz, bu qiymatlar sukut bo’yicha turadi.
Faylni kerakli formatda tayyorlagach, kerakli ma’lumotnomaga o’ting. Amallar menyusidan «Import» bandini tanlaysiz. Chiqqan modal oynada avval tayyorlagan faylingizni yuklaysiz.