Asosiy qismga o'tish

Brendlar ma'lumotnomasi

Brendlar ma'lumotnomasi bilan ishlash. Batafsil hujjatlar: ko'rish, qo'shish, tahrirlash, o'chirish.

Yangilangan

«WorkPan» tarkibida foydalanuvchi dastur bilan birga oladigan brendlar bazasi bor. Ammo zarur bo’lganda foydalanuvchi brendlarni tahrirlashi, yangilarini qo’shishi yoki keraksizlarini o’chirishi, shuningdek brendni ma’lum qurilma toifasiga bog’lashi mumkin.

Brendlar ma’lumotnomasi bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin

  • Boshqaruv paneli → Brendlar
  • Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Brendlar ma’lumotnomasi
Brendlar ma'lumotnomasiga o'tish

Brendlar ma’lumotnomasi bo’limida brendlar ro’yxati bo’yicha qidirish, yangilarini qo’shish, mavjudlarini o’chirish va tahrirlash mumkin. Shuningdek, ro’yxatdagi yozuvlarni vaqtincha o’chirib qo’yish funksiyasi ham bor. Bundan tashqari, ro’yxatni sahifada 10, 25, 50 va 100 qatordan ko’rsatish rejimini tanlash mumkin.

Brendlar ma'lumotnomasi

Yangi brendni quyidagicha qo’shish mumkin:

  1. «Qo’shish» tugmasini bosing.
  2. Chiqqan maydonga brend nomini kiriting.
  3. Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Yangi brend qo'shish

Mavjud brendni tahrirlash uchun:

  1. Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasini bosing. Brend nomi yangi nom kiritish maydoniga almashadi.
  3. Yangi nomni tering.
  4. Saqlash uchun kiritish maydonining o’ng tomonidagi floppy-disk tasviridagi belgini yoki klaviaturadagi Enter tugmasini bosing.
Brend nomini tahrirlash

Brendni ma’lumotnomadan o’chirish uchun:

  1. O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
  3. Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
O'chirish
O'chirish
O'chirish

Izoh: agar bu «brend» tizimda ishlatilayotgan bo’lsa, uni o’chira olmaysiz — faqat o’chirib qo’yish mumkin (quyiga qarang)

Ayrim brendlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:

  1. O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
  2. Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan brendni yana faollashtiradi.
O'chirish/Yoqish
O'chirish/Yoqish

Izoh: ma’lumotnomada brend o’chirib qo’yilganda, unga bog’langan barcha modellar ham mavjud bo’lmay qoladi — ularni buyurtma yaratishda tanlay olmaysiz va boshqa modullarda ishlata olmaysiz.

Brendni qurilma turiga bog’lash uchun:

Ochiluvchi menyuda Bog’lash funksiyasi bor. Bu tizim brendni u ishlab chiqaradigan qurilmalar toifalari bilan bog’lashi uchun kerak. Keyingi ishda bu «Modellar ma’lumotnomasiga» yangi qurilmalar qo’shishda va «Xizmatlar ma’lumotnomasida» xizmatlarni bog’lashda asqotadi

  1. Bog’lash kerak bo’lgan brendni tanlash lozim.
  2. «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «Bog’lash»ni tanlang.
  3. Chiquvchi menyudan brend ishlab chiqaradigan qurilmalarni tanlang. Toifa nomlarining chap tomonidagi katakchalarga belgi qo’yish kifoya. Agar kerakli qurilma toifalari bo’lmasa, ularni Qurilmalar ma’lumotnomasida qo’shish kerak.
  4. «Saqlash»ni bosing
Brendni qurilmalar ma'lumotnomasiga bog'lash
Brendni qurilmalar ma'lumotnomasiga bog'lash

← Barcha bo'limlar