Ofislar ma'lumotnomasi, modul ishi bilan tanishuv
«Ofislar ma'lumotnomasi» moduli ishi bilan tanishuv: yangi qiymatlar qo'shish, mavjudlarini tahrirlash, o'chirib qo'yish va o'chirib tashlash.
Yangilangan
«Ofislar ma’lumotnomasi» moduli ofislar ro’yxatini tuzishga mo’ljallangan; bu ro’yxatlar «Buyurtmalar» moduli va «Kadrlar bo’limi» moduli ishlashi uchun zarur. Shuni ham ta’kidlaymizki, bu modul «Shaharlar ma’lumotnomasi» va «Moliyaviy kassalar ma’lumotnomasi»ga bog’liq.
Mundarija:
«Ofislar ma’lumotnomasi» bo’limiga quyidagicha o’tish mumkin:
- Boshqaruv paneli → Ofislar
- Tezkor kirish paneli → Tizim → Ma’lumotnomalar → Ofislar ma’lumotnomasi
Modul imkoniyatlari:
«Ofislar ma’lumotnomasi» bo’limida yangi yozuvlar qo’shish, mavjudlarini tahrirlash, ko’rinish holatini o’zgartirish, shuningdek endi kerak bo’lmagan yozuvlarni o’chirib tashlash mumkin.
Yangi ofisni quyidagicha qo’shish mumkin:
- «Qo’shish» tugmasini bosing.
- Yangi qiymat qo’shish uchun tegishli bo’limga o’tiladi.
- Yangi ofis qo’shish shakli ikki toifaga bo’lingan:
- Asosiy
- Qo’shimcha
«Asosiy» toifasi — bu yerda quyidagi ma’lumotni kiritish lozim:
- Nomi:
- Ofis nomi
- Holati:
- Ofis holati (Yoqilgan/O'chirilgan)
- Turi:
- Ofis turi (Koll-markaz, Servis markazi, Boshqa)
- Kassa:
- «Kassalar ma'lumotnomasi»dan kassa tanlash (barcha xarajat va tushumlar shu kassada hisobga olinadi)
- Shahar:
- «Shaharlar ma'lumotnomasi»dan ofis shahri
«Qo’shimcha» toifasi «Servis markazi» turidagi ofislar uchun mo’ljallangan: unda ofis haqidagi kontakt ma’lumotlari ko’rsatiladi. U «Qabul kvitansiyasi», «Bajarilgan ishlar dalolatnomasi» va boshqa modullarda chop etiladi. Bu ma’lumotlar «Bosma ma’lumotlar sozlamalari»dagi qiymatlarni qoplaydi.
Barcha ma’lumotlarni kiritgach, «Saqlash» tugmasini bosib qiymatlarni saqlang
«Ofislar ma’lumotnomasi»dagi qiymatni tahrirlash uchun:
- Tahrirlash kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasini bosing. Tahrirlash shakliga o’tiladi.
- «Ofis qo’shish» bo’yicha ko’rsatmaga amal qilib kerakli o’zgarishlarni kiriting, so’ng yangi qiymatlarni saqlang.
Ma’lumotnomadan qiymatni o’chirish uchun:
- O’chirish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- «Tahrirlash» tugmasi yonidagi ochiluvchi menyuni bosing. Chiqqan maydonda «O’chirish»ni tanlang.
- Chiqqan oynachada amalni tasdiqlang: «Ha, o’chirilsin».
Ma’lumotnomadagi ayrim yozuvlarni vaqtincha o’chirib qo’yish uchun:
- O’chirib qo’yish kerak bo’lgan yozuvni tanlash lozim.
- Sichqoncha kursori bilan tugmacha yugurdagini «Faol» yozuvi «O’chirilgan»ga almashguncha chapga suramiz. Tugmacha rangi yashildan kulrangga o’zgaradi. Yugurdakni o’ngga surish o’chirilgan yozuvni yana faollashtiradi.